Futbol bo‘yicha jahon chempionatida terma jamoalar qancha ishlab oladi?

Futbol bo‘yicha jahon chempionatida terma jamoalar qancha ishlab oladi?

Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma olgan barcha terma jamoalarga allaqachon 1,5 mln $dan berilgan. Bu mablag‘ jahon chempionatiga tayyorgarlik vaqtidagi xarajatlarni qoplash uchun hisoblab chiqilgan.

🔸Guruhdan chiqa olmagan har bir jamoa 9 mln $;

🔸1/8 finalda mag‘lub bo‘lganlar 13 mln $;

🔸1/4 finalda mag‘lub bo‘lgan jamoalar 17 mln $ oladi.

Agar jamoa yarim finalda va uchinchi o‘rin uchun o‘yinda mag‘lub bo‘lsa, 25 mln $, uchinchi o‘rinni egallagan jamoaga esa yana 2 mln $ qo‘shimcha to‘lanadi.

Finalchi 30 mln $, 2022 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan terma jamoa esa 42 mln $ ishlab oladi.

Qatar-2022’dagi barcha to‘lovlar rekord darajadagi jami 1 mlrd $ni tashkil etadi, bu 2014 yilgi Braziliyadagi jahon chempionatidan deyarli ikki barobar ko‘p.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!