Fransiyaning Assystem muhandislik guruhi Qozog‘iston bilan atom elektr stansiyasini qurishda hamkorlik qiladi

Fransiyaning Assystem muhandislik guruhi Qozog‘iston bilan atom elektr stansiyasini qurishda hamkorlik qiladi

Bu haqda «Samruk-Kazina» milliy farovonlik jamg‘armasi va fransuz kompaniyasi Qosim-Jomart To‘qayevning Fransiyaga tashrifi chog‘ida kelishib oldi.

Taxminlarga ko‘ra, Assystem Qozog‘iston uchun kadrlar tayyorlashi va atom elektr stansiyasini yaratishda texnik maslahatlar berishi mumkin.

Rosatom bosh pudratchi bo‘lgan Turkiyadagi Akkuyu AES qurilishida Fransiyaning Assystem kompaniyasi yadroviy xavfsizlik bo‘yicha asosiy ob’ektlar qurilishini nazorat qiladi, deyiladi nashrda.

Qozog‘iston Akkuyu atom elektr stansiyasini qurish tajribasini sinchiklab o‘rganib chiqdi va Turkiya singari Balxashga ham xalqaro investorlar puli jalb etilishi kerak, deb hisoblaydi.

Qurilishning bosh pudratchisi qaysi kompaniya bo‘lishini Qozog‘iston 2023 yilda hal qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!