Fransiyaliklar hukumatni vaksina bilan emlashning sustligi uchun tanqid qilmoqda
Fransiya hukumati Covid-19ga qarshi emlashning sustligi uchun tanqid qilindi
Fransiya ommaviy axborot vositalari Yevropa Ittifoqi «Pfizer-BioNTech» preparati bilan emlashni rasman tasdiqlaganiga besh kun bo‘lganiga qaramay, Fransiyada emlanganlar soni Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlaridagi kabi ko‘p emasligini xabar qilishdi.
Dastlabki uch kun ichida 100 dan kam odam emlanganligi xabar qilingan. Germaniyada esa 42 ming kishi emlandi. Ushbu statistika shuni ko‘rsatadiki, hukumat emlashga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘layotgan bo‘lishi mumkin.
Evropa Ittifoqidan uch hafta oldin «Pfizer-BioNTech» vaksinasini qo‘llay boshlagan Buyuk Britaniya allaqachon yuz minglab odamlarni emlagan. Qo‘shma Shtatlarda 1 milliondan ortiq odam ushbu dorini qabul qilib ulgurgan.
Parijdagi Jorj Pompidu kasalxonasi favqulodda vaziyatlar xizmati rahbari Filipp Jyuvenning aytishicha, Fransiyada hali ham milliy emlash strategiyasi mavjud emas.
«Men inson sifatida odamlarga emlashdan emas, balki COVID-19dan o‘lishimiz mumkinligini ta’kidlardim», - dedi shifokor mahalliy ommaviy axborot vositalariga.
So‘rovnomalar shuni ko‘rsatadiki, fransuzlarning atigi 40% emlashni xohlaydi.