Fransiyalik 22 yoshli xaker 116 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

 Fransiyalik 22 yoshli xaker 116 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

"ShinyHunters" xakerlar guruhi a’zosi deb hisoblanayotgan 22 yoshli Fransiya fuqarosi AQSh qonunchiligiga muvofiq 116 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

"ShinyHunters" xakerlar guruhi 2020 yil boshidan AQShning Vashington shtati va boshqa davlatlar yirik kompaniyalari ma’lumotlarini o‘g‘irlashda va ular orqali tovlamachilik qilishda ayblanib, guruh a’zolari qidiruvga berilgan.

Xaker AQSh qonunchiligiga muvofiq hozirda quyidagi jinoyatlarni bir guruh shaxslar bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, sodir etganligi uchun ayblovlar e’lon qilingan:
- kompyuter texnologiyalaridan foydalanib sodir etgan firibgarlik uchun 10 yil;
- elektron aloqa vositalaridan foydalangan holda firibgarlik sodir etganligi uchun 27 yil;
- elektron aloqa vositalaridan foydalanib, takroran firibgarlik sodir etganligi uchun 20 yil.
- yana 6 ta jinoyati uchun ayblovlar e’lon qilinishi ko‘rsatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!