Fransiyada o‘ta o‘nglarga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Fransiyada o‘ta o‘nglarga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

15 iyun kuni Fransiyaning turli shaharlarida Marin Le Penning o‘ng qanot populistik “Milliy birlik” partiyasiga qarshi 200 ga yaqin mitinglar bo‘lib o‘tdi. DW ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlarda butun mamlakat bo‘ylab 350 000 ga yaqin kishi, shu jumladan, Parijda 100 000 dan ortiq kishi qatnashgan.

Kasaba uyushmalari, talabalar va inson huquqlari tashkilotlari “Milliy birlik” partiyasining parlament saylovida g‘alaba qozonishiga to‘sqinlik qilish uchun norozilik aksiyalarini davom ettirishga va unda yanada ko‘proq insonlarni ishtirok etishga chaqirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!