Fransiyada til qonunini buzganlar 3750 yevrogacha jarima to‘laydi yoki mulkidan ajraladi!

A A A
Fransiyada til qonunini buzganlar 3750 yevrogacha jarima to‘laydi yoki mulkidan ajraladi!

Adliya vazirligi muhokamaga qo‘ygan qonun loyihasi ustida bahslar tinmayapti. Tortishuvlarda muxolif tomon “Nega Litva, Latviya tajribasiga havola beryapsizlar?” degan e’tirozni bildirmoqda, ya’ni til siyosati Boltiqbo‘yi ssenariysi bilan borishidan ayrimlar xavfsiramoqda. Qolaversa, jarima bilan natijaga erishib bo‘lmaydi, bu progressiv usul emas degan fikrlar aytilmoqda.

Biz kichik bir tadqiqot o‘tkazib, ayrim mamlakatlar tajribasini o‘rganib ko‘rdik.
Avvalo, Boltiqbo‘yidan boshqa mamlakatlar tajribasi haqida.

Rossiya. Davlat tili to‘g‘risidagi Rossiya Federal Qonuni 3 moddasida nafaqat davlat tashkilotlari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar Rossiya hududida faoliyat yurituvchi har qanday tashkilot davlat tili (rus tili)da ish yuritishi, hatto tashkilotni nomlashda ham rus tilidan foydalanishi belgilangan. Qonunni buzish tegishli javobgarlikka sabab bo‘lishi ham alohida aytilgan. Ma’lumot uchun, Rossiyada 190 dan ortiq millat va elatlar yashaydi.

Gruziya. Davlat tili to‘g‘risidagi qonuniga ko‘ra, davlat korxona va tashkilotlarida faqat gruzin tilida ish yuritiladi, zarurat tug‘ilsa, hujjatlar boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin, ammo bu tarjimalar rasmiy hujjat hisoblanmaydi. 

Germaniya. Ma’muriy amaliyotlar to‘g‘risidagi qonun 23 paragrafida rasmiy til sifatida nemis tili belgilangan. Agar mas’ul idoraga murojaat nemis tilidan boshqa tilda qilinsa, organ darhol uning nemis tiliga tarjimasini talab qilishi kerak. Nemis tilidan boshqa tilda murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.

Polsha. Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun 4-moddasida davlat organlarida faqat polyak tilida ish yuritilishi belgilangan.

Fransiya. Tubon qonuni

Menga Fransiya tajribasi juda yoqdi. Biz o‘rganishimiz kerak bo‘lgan jihatlari ko‘p ekan, bu yog‘iga diqqat bilan o‘qing.

Evropaning eng ko‘p tillik mamlakati Fransiya aholisining 51 foizi fransuz tilidan boshqa tilda gaplashadi. Konstitusiyasida esa faqat fransuz tili davlat tili deb belgilangan. Fransuz tilini madaniy yodgorlik sifatida saqlashga mamlakat madaniyat vazirligi mas’ul hisoblanadi.  Rasmiy ish yuritish faqat fransuz tilida. Bu 1994 yilda qabul qilingan Tubon qonuni orqali mustahkamlangan. 

Tubon qonuni reklama matnlari va joy nomlari, ommaviy joylardagi peshlavhalarni, jamoat transportidagi yozuvlar, yo‘l ko‘rsatkichlari, mahsulotlar va hatto turli mulklarga yozilgan yozuvlargacha faqat fransuz tilida bo‘lishini talab qiladi. Davlat tashkilotlari tomonidan ish yuritish istisnosiz fransuz tilida olib borilishi, terminlarning fransuzcha muqobili turganda, inglizchasi yo boshqa tildagisini ishlatish taqiqlanishi haqida yoziladi qonunda. 

Tubon qonunini buzish jismoniy shaxsga 700 yevro, yuridik shaxsga 3750 yevro jarima solinishiga sabab bo‘ladi. Hatto, boshqa tilda peshlavhasi yoki yorlig‘i yozilgan mulk musodara qilinishi ham mumkin. 

2006 yilda xuddi shu qonunni buzgani uchun Amerikaning Gems  kompaniyasi 600 ming yevroga jarimaga tortilgan!

Qonun ijrosini amalga oshirish mexanizmi shundayki, nafaqat sud polisiyasi, balki iste’molchilar huquqini himoya qiluvchi vakolatli shaxs ham ushbu qonunga rioya etilishi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borishi va qonun buzilish holatlarini aniqlab tegishli organga materiallarni taqdim etishi mumkin. Buning uchun vakolatli shaxs kunduz kuni bino yoki avtotransport ichiga kirib tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega. Ushbu tekshiruvga to‘sqinlik qilish yoki kerakli materiallarni taqdim etmaslik jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi, hatto shaxs qamalishi ham mumkin (Fransiya Jinoyat kodeksining 433-5 moddasiga ko‘ra).

Fransuzlar ushbu qonun asosida Mehnat kodeksining 8, 9, 10-moddalariga o‘zgartirish kiritib, xodimlarning fransuz tilida ish yuritishini majburiy qilib qo‘yishgan. Faqat xorijdan kelgan xodim mehnat shartnomasini o‘z ona tiliga tarjima qildirish huquqiga ega.

Atamashunoslik sohasida ham fransuzlar tajribasi menga yoqdi. Har yili Fransuz akademiyasi rasman fransuz tiliga qabul qilinadigan so‘zlar ro‘yxatini e’lon qiladi va diqqat bilan til monitoringini o‘tkazib, fransuz tiliga xos bo‘lmagan so‘zning ishlatilishini aniqlagani zahoti qonuniy chora ko‘radi.

Bugungi kunda fransuzlarda xorijiy so‘zlarni so‘zlashuvda ishlatish madaniyatsizlik va tarbiyasizlik hisoblanadi. Ular hatto qisqartma otlarni ham o‘z tillari orqali yasashadi. Masalan, NATO fransuz tilida OTAN shaklida ishlatiladi.

Mana sizga ko‘pmillatli, rivojlangan, demokratik Fransiya tajribasi!

Xo‘sh bizda-chi? 1989 yil Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingani bilan, na uni buzganga javobgarlik bor, na buni nazorat qilish va na amalga oshirish mexanizmlari aniq. Bu sohada qo‘yilayotgan har bir qadam esa darrov siyosiylashtirilib, millatlararo muhoraba maydoniga tortilyapti. Biz shunchaki qonunni ishlatmoqchimiz, xolos.

Asli rasmiy til, davlat bilan muloqot inson hayotining juda katta qismini tashkil qilmaydi. Tilni zarur darajada o‘rganish yo kerak joyda tarjimonlar bilan ta’minlash orqali bu muammoni hal qilsa bo‘ladi. Yagona tilda ish yuritish qulay va arzon. Bot-bot til bahsi ochib, uni siyosiylashtirib, bir-birimizga toshotarlik qilishda ham xayr yo‘q. Jamiyat ongli ravishda bu masalada murosaga kelishi kerak.

Shu bilan men til masalasidagi oxirgi postimni tugatdim. Xayrlisi bo‘lsin!

Shahnoza Soatova


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"dagi kelajagi oydinlashdi

Тармоқда Абдуқодир Ҳусанов Манчестернинг бошқа бир жамоасига ўтиши ҳақида хабарлар тарқалганди.

JCH-2026 «tarixdagi eng iflos musobaqa» bo‘lishi mumkin

Экологларга кўра, бу чемпионат атмосферага 9 млн тонна СО2 чиқариши мумкин.

Hindistonda ikki farzandi bilan birga yashagan rossiyalik ayol g‘orda topildi

40 ёшли аёлнинг визаси 2017 йилда тугаган.

Dilshod To‘raxo‘jayev ishi: Rossiya O‘zbekistonga nota yo‘lladi

Россиянинг Ўзбекистондаги элчихонаси мазкур иш юзасидан расмий нота берди.

Qozog‘istonda 1 millionga yaqin sayg‘oqni otishga qaror qilishdi

Қозоғистон ҳукумати Қизил китобга киритилган, аммо эндиликда кўпайиб кетган «сайғоқлар сонини мувофиқлаштириш»га қарор қилди.

"Manchester Siti"ni tark etadigan navbatdagi futbolchi nomi aniq bo‘lib bormoqda

Бу ҳақда инсайдер Фабрицио Романо хабар бермоқда.

Germaniyani 2014 yilda Jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ЖЧ-2026 йўлланмасини муддатидан олдин қўлга киритганидан хабарингиз бор.

Mirzabek Xolmedov yangi lavozimga tayinlandi

Бу ҳақда Маданият вазирлиги хабар берди.

Yaponiyalik bokschi Murodjon Ahmadaliyev bilan jangi anonsiga munosabat bildirdi

Проф бокснинг иккинчи энг енгил вазн тоифасида мутлақ жаҳон чемпиони, япониялик Наоя Иноуэ навбатдаги жангини тасдиқлади.

"Germaniyaning birlashishiga darhol rozi bo‘lib Gorbachev xato qilgan..."

Унинг фикрига кўра, Горбачев бунга дарҳол, ҳеч қандай шартларсиз рози бўлганида Германия концлери Гельмут Коль ҳатто ўз қулоғига ишонмаган

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike "Chelsi" futbolchisining yuziga tarsaki tushirdi

"ПСЖ" бош мураббийи Луис Энрике тажовузкор хатти-ҳаракатлари учун жиддий жазоланиши мумкин.

Cobalt narxi Rossiyada qancha?

Россия иккиламчи бозорида Ўзбекистонда йиғилган Chevrolet Cobalt (ушбу модел Ravon R4 номи остида сотилмоқда) машинасининг ишончлисини топиш мумкин, деди «За Рулём» журналининг автоэксперти Сергей Зиновьев.

Yamalning tug‘ilgan kuni "burnidan buloq" bo‘ldi

Ямал 13 июль куни 18 ёшга тўлди

Ukraina Xavfsizlik xizmati polkovnigini o‘ldirganlar Ozarbayjon fuqarolari bo‘lib chiqdi

10 июль куни Киевда Украина Хавфсизлик хизмати (СБУ) полковниги Иван Воронични ўлдирган ва 13 июлда йўқ қилинган қотиллар ҳақида янги тафсилотларни маълум қилинди.

"Oltin to‘p" uchun nomzodlar reytinggi yangilandi

Goal портали талқинига кўра, Усмон Дембеле "Олтин тўп"га асосий даъвогар бўлиб қолмоқда.

Toshkentda kiberjinoyatchilar guruhi bank kartalaridan 1 mlrd so‘m o‘g‘irladi

Аниқланишича, фирибгарлар вирус юқтирилган қурилмаларидаги SMS-тасдиқлаш кодларини кузатиб бориш имконини берувчи ёпиқ Telegram гуруҳ яратган.

Diqqat! Andijonda hokim o‘rinbosari, statistika va pensiya jamg‘armasi bo‘limlari rahbarlarining qilmishlari fosh etildi

Бюджетдан ташқари пенсия жамғармасининг Оҳангарон туман бўлими бошлиғи маҳаллий фуқаронинг йўқолган меҳнат дафтарчасини тиклаб, уни ёшга доир пенсияга чиқариб бериш эвазига 1500 АҚШ долларини пора сифатида олган вақтида унинг ноқонуний ҳаракатларига чек қўйилди.

G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 58 000 nafardan oshib ketdi

Бу ҳақда Ғазодаги Фаластин Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилган.

Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi bir necha hududlarga zarba berdi: 11 falastinlik halok bo‘ldi, o‘nlab kishi yaralandi

2025 йил 14 июль куни Исроил армияси Ғазо секторидаги бир нечта ҳудудларга кенг кўламли ҳаво ва артиллерия зарбаларини амалга оширди. Маҳаллий тиббий манбалар ва гувоҳларга кўра, ушбу ҳужумлар натижасида камида 11 фаластинлик ҳалок бўлган, ўнлаб тинч аҳоли жароҳатланган.

Suriyaning Es-Suveyda viloyatida druz va beduin guruhlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv: 30 kishi halok bo‘ldi, 100 nafar yaralangan

Маҳаллий манбаларга кўра, тўқнашувлар ҳар икки томон вакилларининг бир-бирларига тегишли автомашиналарни олиб қўйиши ортидан бошланган. Низо тез орада оғир қуроллар қўлланилган шафқатсиз жангларга айланди.

Rossiya safida urushgan 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Украинага қарши урушда Россия армияси сафида жанг қилган 66 нафар Ўзбекистон фуқароси ҳалок бўлди. Уларнинг кўпчилиги қамоқдан озодликка чиқиш умиди билан урушда қатнашган. BBC ва «Медиазона» манбаларига кўра, улар асосан «Вагнер» гуруҳи орқали фронтга юборилган.

Yaponiyada 21 iyundan buyon zilzilalar to‘xtamayapti

Япония жануби-ғарбидаги Токара ороллари атрофида июн охиридан буён 1,9 минг мартадан кўпроқ зилзила қайд этилгани ҳақида мамлакат бош метеорология бошқармаси маълум қилди.

Air India aviahalokati: yoqilg‘i uzatilishi o‘chirilgani tasdiqlandi, 260 kishi halok bo‘lgan

Ҳиндистонда Air India’нинг AI171 рейси билан боғлиқ авиаҳалокатни текшириш доирасида тажовузкор воқеалар аниқланди.

Bugundan 2025/2026 o‘quv yili uchun test sinovlari boshlandi

Олий ва касбий таълим муассасаларига кириш бўйича 2025/2026 ўқув йили учун тест синовлари бошланди.

Rossiya: jazirama ob-havo tufayli Stavropol o‘lkasida elektr energiyasi navbatma-navbat o‘chirilmoqda

У ерда ҳаво ҳарорати +42°C даражагача кўтарилган.

Britaniyaning Esseks grafligidagi Sautend aeroportida kichik o‘lchamli samolyot qulab tushdi

Beechcraft King Air B200 самолёти Нидерландияга йўл олаётган бўлган

Gruziyada savdo markazi portlash xavfi sabab evakuasiya qilindi

Айни вақтда антитеррор кучлари томонидан хавфсизлик чоралари кўрилмоқда ва марказ тўлиқ текширилмоқда.

Marg‘ilonda Jentra ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani bosib ketdi

Ҳодиса жорий йилнинг 10 май куни содир бўлган. Боланинг ҳаёти сақлаб қолинган

Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda yong‘in chiqdi

Вазият тўлиқ Тошкент шаҳар ФВБ томонидан назоратга олинган.

Isroillik mustamlakachilar yana «Al-Aqso» masjidiga reyd uyushtirishdi

Оккупация қилинган Шарқий Қуддусда, Исроил полицияси ҳимояси остида, фаластинликларга тегишли ерларни босиб олган исроиллик мустамлакачилар яна «Ал-Ақсо» масжиди ҳудудига рейд уюштиришди.

Isroil hujumi oqibatida falastinlik o‘smir falaj bo‘ldi va hayoti uchun kurashmoqda

Мусабнинг қисмати — Ғазода тинч аҳоли, айниқса болалар қандай азият чекётганини намоён этувчи яна бир ҳужжатли мисол бўлиб қолмоқда.

AQSh endi Yaponiya va Avstraliyaga bosim o‘tkazmoqda. Nega?

Бу ҳақда Financial Times (FT) газетаси манбаларига таянган ҳолда хабар берди.

Farg‘onada Qirg‘izistondan olib kelingan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

Фуқаролар ушбу дори воситаларини келгусида сотиш мақсадида Қўқон шаҳрида ижарага олинган хонадонга олиб борган вақтларида ушланди.

G‘azo sektorida kamida 650 000 nafar bola ocharchilik xavfi ostida qolmoqda

Бу ҳақда Al Jazeera телеканали хабар берди.

Tramp: Ukrainaga qurol yetkazib berish NATO orqali amalga oshiriladi

Бу ҳақда Трамп NBC News телеканалига берган интервьюсида маълум қилган ва АҚШ, НАТО ҳамда Украина ўртасидаги янги ҳарбий ёрдам келишувининг тафсилотлари билан ўртоқлашган.

Рафаҳда инсонпарварлик ёрдамини кутган фаластинликларга қилинган ҳужумда 10 киши ҳалок бўлди

Бу ҳақда Ғазодаги тиббий манбалар маълум қилмоқда.

Самарқандда 16 ёшли қиз операция пайти вафот этди

Ҳозирда ҳолат юзасидан суд-тиббий экспертизаси тайинланган.

Исроил бир кечада Ғазода 97 нафар фаластинликни ўлдирди

Бу ҳақда Al Masirah телеканали маълум қилди.

Трамп Путинни Москвага бомба ташлаш билан таҳдид қилганини айтди

АҚШнинг президенти Дональд Трамп 2024 йилдаги ҳомийлар йиғилишида сўзлаб, Россия президенти Владимир Путинни Украинага ҳужум қилмаслик учун Москвага бомба ташлаш билан таҳдид қилганини маълум қилди.

БМТ: Ғазода 50 минг ҳомиладор ва эмизикли аёл бир неча кундан буён овқатсиз қолган

БМТнинг Аҳолишунослик жамғармаси (ЮНФПА) маълум қилишича, Ғаза секторида тахминан 50 минг ҳомиладор ва эмизикли аёл бир неча кундан бери овқатга етиб бормай, жуда оғир шароитда яшамоқда.

Қозоғистонда 1 миллионга яқин сайғоқни отишга қарор қилишди

Қозоғистон ҳукумати Қизил китобга киритилган, аммо эндиликда кўпайиб кетган «сайғоқлар сонини мувофиқлаштириш»га қарор қилди.

Россия транспорт вазирининг ўз жонига қасд қилиши қурилишдаги коррупция билан боғлиқ — ОАВ

Россия президенти Владимир Путин Роман Старовойтни транспорт вазири лавозимидан озод қилгач, у ўз жонига қасд қилгани ҳақида хабарлар тарқалди. Фожиага нима сабаб бўлган?

Ғазода Исроил ҳужумлари оқибатида 15 нафар фаластинлик ҳалок бўлди

Исроил томонидан қўзғатилган гуманитар инқироз, Ғазога нисбатан кучайтирилган блокада ва инсонпарвар ёрдамларнинг киришини тўсиш билан янада оғирлашмоқда.

2023 йил 7 октябридан буён Ғазо ва Ғарбий соҳилда 17 мингдан ортиқ фаластинилик ўқувчи ҳалок бўлди — Фаластин таълим вазирлиги

Фаластин Миллий маориф ва олий таълим вазирлигининг маълумотига кўра, 2023 йил 7 октябридан буён — Исроилнинг Ғазо секторига қарши ҳарбий амалиётлари бошланганидан бери — Ғазо ва ишғол этилган Ғарбий соҳилда 17 315 нафар ўқувчи ҳалок бўлган, яна 27 191 нафар ўқувчи яраланган.

NYT: Техасдаги сув тошқини қурбонлари сони 104 нафарга етди

Техасда кучли ёмғир ва Гвадалупе дарёсининг тошиб кетиши оқибатида юзага келган сув тошқини оқибатида камида 104 киши ҳалок бўлди. Бу ҳақда The New York Times нашри хабар берди.

Бугун лавозимидан озод қилинган Россия транспорт вазири Роман Старовойт вафот этди

Маълумотларга кўра, Роман Старовойт Москва яқинидаги Одинцово шаҳридаги шахсий уйида ўлик ҳолда топилган.

Исроилнинг Ғазога ҳаво ҳужумлари оқибатида 10 фаластинлик ҳалок бўлди, улар орасида чақалоқ ҳам бор

Исроил армиясининг қамал остидаги Ғазо секторига қилган навбатдаги тонгги ҳаво ҳужумлари натижасида камида 10 фаластинлик ҳалок бўлди. Марҳумлар орасида бир чақалоқ ҳам бор. Яна кўплаб инсонлар жароҳат олди.

Қорасарой кўчасида контейнер ёниб кетди

Айтилган манзилда ёнғин навбатчиликда турган ёнғин қутқарув экипажлари томонидан зудлик билан соат 11:32 да ўчирилди.

Россиянинг Украинага навбатдаги зарбалари камида уч кишининг ҳаётига зомин бўлди

Украина расмийлари маълумотларига кўра, Одессада дрон зарбаси оқибатида янги қурилган бинодаги қўриқчи ҳалок бўлган

Исроил ҳарбийлари Яманга зарба берди

Исроил мудофаа вазири Исраэл Кац ҳусийларга қарашли портлар ва электр станциясига ҳарбий-ҳаво кучлари томонидан ҳужум қилинганини тасдиқлади

Эронда Исроил разведкаси билан алоқадор агент қўлга олинди

Бу ҳақда FARS агентлиги Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (IRGC) матбуот хизматининг маълумотига таяниб хабар берди.

Ғазода ўт очишни тўхтатиш бўйича музокараларнинг биринчи босқичи самарасиз тугади

Бу ҳақда Sky News Arabia телеканали "Report" хабарига таянган ҳолда маълум қилди.

Таиландда пушти темиратки касаллиги тарқалмоқда

Қайд этилишича, ушбу касаллик кўпинча болалар ва ёшларда кузатилади — бу танада «она» деб аталадиган катта доғнинг пайдо бўлиши билан бошланади

Масжид қурилиши баҳонасида одамлардан пул олганлар ушланди

Кўрилган чора-тадбирлар натижасида ушбу фуқароларнинг шахси аниқланган

Покистонда кўп қаватли бино қулаб тушди, қурбонлар бор

Маҳаллий ОАВ хабарларига кўра, саккизга яқин фуқаро вайроналар остида қолган бўлиши мумкин.