Fransiyada keksa odam hasharotni o‘ldiraman deb uyini portlatib yubordi

Fransiyada keksa odam hasharotni o‘ldiraman deb uyini portlatib yubordi

Fransiyada keksa odam hasharotni o‘ldirmoqchi bo‘lganida uyini tasodifan portlatib yubordi. Bu haqda "Mirror" yozmoqda.

Taxminan 80 yoshga kirgan odam tushlik qilmoqchi bo‘lganida, hasharotni ko‘radi. Keyin u elektr chivin o‘ldirgichni olib, hasharotni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Ammo uning uyidagi gaz ballonidan gaz sizib chiqayotgan bo‘lgan. Natijada pashsha o‘ldirgichdan chiqqan uchqun tufayli uy portlab ketgan. Oqibatda oshxona va uyning tom qismi vayronaga aylangan. Erkak qochib qutulgan va kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yetkazilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!