Fransiyada 27 kishiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan ruhoniy 20 yilga qamaldi

Fransiyada 27 kishiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan ruhoniy 20 yilga qamaldi

Kecha, 2 iyun kuni Fransiya g‘arbidagi Vandeya departamenti sudi 55 yoshli ruhoniy Pera de Mayarani 27 nafar voyaga yetmagan bolaga zo‘ravonlik qilgani uchun 20 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Tf1info” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, omma uchun yopiq bo‘lgan ishda sud Mayarani 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan. Sud unga hayoti davomida bolalar bilan aloqa qilish hamda Vandeya va Dengizbo‘yi Sharantasi provinsiyalari hududiga qadam qo‘yishni taqiqlagan.

Ruhoniy qamoqdan chiqqanidan so‘ng 10 yil davomida jamoatchilik va sud nazorati ostida bo‘ladi. Agar sud qarorini bajarmasa, u yana 5 yil qamoq jazosini o‘tashiga to‘g‘ri keladi.

Keltirilishicha, de Mayaraga qarshi ish 2020 yil oktyabr oyida, birinchi ikki shikoyat polisiyaga tushganidan uch oy o‘tib ochilgan. Tergov davomida jabrlanganlar soni ortib borgan. 2020 yilda prokuratura jami 19 nafar jabrlanuvchini topgan. Keyinchalik ruhoniyning harakatlaridan yana sakkiz kishi jabrlangani aniqlangan.

Ushbu voqealar sodir bo‘lgan davrda Pera de Mayara Vandeyada, Sen-Jermen-de-Prensdagi Notr-Dam-dyu-Rozer monastirida xizmat qilgan. Zo‘rlanganlar 12 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 16 o‘g‘il va 11 nafar qizdir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 70 yil ichida 200 mingdan ortiq bola fransuz katolik ruhoniylari tomonidan jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan.

Jinsiy jinoyatlar bo‘yicha mustaqil tergov Fransiya katolik cherkovi tomonidan 2018 yilda boshqa mamlakatlar cherkovlaridagi shov-shuvli mojarolar ortidan boshlangan. 2500 sahifalik hisobot mualliflari cherkov va polisiya arxivlarini o‘rgangan, shuningdek guvohlar va jabrlanuvchilar bilan suhbatlashgan. Ikki yarim yillik ish davomida mutaxassislar 1950 yildan beri ma’lumotlarni to‘plagan va 6500 dan ortiq odam bilan suhbat qurgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!