Fransiya taraqqiyot agentligi O‘zbekistondagi loyihalarga 450 mln yevro sarmoya kiritadi

Fransiya taraqqiyot agentligi O‘zbekistondagi loyihalarga 450 mln yevro sarmoya kiritadi

«Tomonlar hozirda 2018—2021 yillarga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik dasturi tafsilotlarini muhokamasini yakunlamoqda. Ushbu dasturda loyihalar va ularning moliyalashtirish manbalari ko‘rsatib o‘tilgan», — ta’kidladi manba.

Ma’lumot uchun, hozirda agentlik Samarqandda qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishni modernizasiya qilish loyihasini amalga oshirmoqda. Mazkur tashabbus Markaziy Osiyoda ilk bor chiqindilarni mahallalarda alohida taqsimlashdan tortib to ularni qayta ishlash va utilizasiya qilishgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi.

Buning uchun 70 ta chiqindini yig‘ishtirish mashinasi va boshqa maxsus texnika sotib olinadi, chiqindi poligoni va chiqindilarni turlarga bo‘lish markazi quriladi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!