Fransiya Sharqiy O‘rtayer dengiziga ikkinchi vertolyot tashuvchisini joylashtirdi

Dixmude harbiy kemasi “G‘azo sektori aholisiga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun” bir necha kun ichida Misrga yetib boradi, deya ma’lum qildi Fransiya prezidenti idorasi. Mamlakat mudofaa vaziri Sebastyan Lekornuning aniqlik kiritishicha, hozirda vertolyot tashuvchisi suzuvchi kasalxonaga aylantirilmoqda.
Parijning qo‘shimcha qilishicha, xuddi shu maqsadda kelgusi hafta G‘azoga 10 tonna tibbiy buyumlar va dori-darmon bo‘lgan samolyot jo‘natadi.
Avvalroq Fransiya Falastin–Isroil mojarosi zonasiga yana bir vertolyot tashuvchi Tonnerni yuborgan edi. Xabar qilinishicha, bortda 60 o‘rinli kasalxona palatalari va ikkita operasiya xonasi bo‘lgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)