Fransiya polisiyasi Olimpiada boshlanganidan beri 180 kishini qo‘lga oldi

Fransiya polisiyasi Olimpiada boshlanganidan beri 180 kishini qo‘lga oldi

Fransiya polisiyasi Parijda 2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari boshlanganidan beri 180 kishini qo‘lga oldi.

Bu haqda 2 avgust, juma kuni Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen poytaxt va uning atrofidagi huquq-tartibot holatini sharhlar ekan, jurnalistlarga ma’lum qildi.

2024 yil boshidan buyon poytaxt Parij va uning atrofidagi hududlarda jinoyatchilik darajasi keskin pasaygan, dedi vazir poytaxt chetidagi Sen-Deni kommunasidagi polisiya bo‘limiga tashrifi chog‘ida.

Darmanenning aytishicha, 1 yanvardan beri mintaqada zo‘ravonlik bilan o‘g‘rilik 24 foizga, avtomobil o‘g‘irlash 10 foizga, jamoat transportida zo‘ravonlik 40 foizga kamaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!