Fransiya: Biz Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyormiz

Fransiya: Biz Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyormiz

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi NATO bo‘yicha hamkorlar bilan Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish bo‘yicha kelishuv imzolashga tayyorligini ma’lum qildi. “Fransiya Ukraina bilan uzoq muddatli istiqbolda o‘zini himoya qilishga va kelajakda unga qarshi ehtimoliy hujumlarning oldini olishga yordam beradigan xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish bo‘yicha shartnoma imzolashga tayyor”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Bayonotda, Parij o‘z hamkorlari bilan birgalikda “Ukrainaga iqtisodiyotning barcha sohalarida uzoq muddatda ko‘rsatiladigan eng yaxshi qo‘llab-quvvatlash shaklini muhokama qilishda davom etishi” ta’kidlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!