Fotima Rejametova xonadonida og‘ir judolik (foto)

Fotima Rejametova xonadonida og‘ir judolik (foto)

Kutilmagan avtohalokat hammamiz tanigan, «Oyijon» filmidagi rolidan keyin sevilib qolgan iste’dodli yosh aktrisa, Farangiz Rejametova (Jamolxonova)ni oramizdan olib ketdi. 

«Farangizning bolaligidan to shu kunga qadar tanigan, bilgan chog‘larim ko‘z oldimdan o‘tayapti. Biz u bilan o‘tgan hafta xuddi shu kuni Samarqandda, «Saxovat-shou» ko‘rsatuvida s’yomkada edik. U bilan Farangiz hali juda kichkinaligida, Milliy teatr tarkibida, Moskvada ham gastrolda bo‘lganmiz. U kichkinaligidanoq juda mustaqil qizaloq edi. Ko‘zlarida bir dunyo orzu-umidlar bor edi.

Bugun Farangizni soat 13:00da so‘nggi yo‘lga kuzatishadi», deb yozgan jurnalist Shohira Hamro o‘zining facebook‘dagi sahifasida.

Tahririyatimiz jamoasi nomidan Fotima Rejametova oilasiga hamdardlik bildiramiz.

Samarqand safari. Roppa-rosa bir hafta ilgari tushilgan surat.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!