ForPost: AQShning MQ-9 Reaper droni Sevastopol yaqinida taxminan 900 metr chuqurlikdan topildi

AQShning MQ-9 Reaper droni Sevastopol yaqinida taxminan 900 metr chuqurlikdan topildi. Bu haqda ForPost xabar berdi.
Rossiya harbiy-dengiz floti kuchlari AQSh harbiy-razvedka apparati qulagan hududda navbatchilik qilmoqda.
"Dengiz tubiga suv osti roboti tushirildi, u yerdan MQ-9 Reaper taxminan 850-900 metr chuqurlikda topildi. Bu hududdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda "Janubiy oqim" gaz quvurining chuqur suv tarmog‘i joylashgan", — deyiladi xabarda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)