“Forbes” 21 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat futbolchilar reytingini e’lon qildi

“Forbes” 21 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat futbolchilar reytingini e’lon qildi

“Forbes”  jurnali rasmiy veb-saytda 21 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat futbolchilar reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni "Pari Sen-Jermen" hujumchisi Kilian Mbappe egalladi (183,3 million yevro). Ikkinchi o‘rin "Atletiko" hujumchisi Joau Feliks (104 million yevro), uchinchi o‘rin esa "Chelsi" yarim himoyachisi Kay Xavers (94 million yevro)ga nasib etdi.

Shuningdek, kuchli o‘ntalikdan "Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis (88,3 million yevro), "Yuventus" himoyachisi Matteys De Ligt (86,8 million yevro), "Borussiya" hujumchilari Jeydon Sancho (86,6 million yevro) va Erling Xoland (68,3 million yevro), "Inter" himoyachisi Ashraf Hakimi (66,3 million yevro), "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen (63 million yevro) hamda "Manchester Siti" yarim himoyachisi Ferran Torres (57,7 million yevro) o‘rin olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!