Firibgarlik – bu o‘zganing mulkini yoki mulkga bo‘lgan huquqini aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritishdir.
🔰 Firibgarlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Jinoyat kodeksiga ko‘ra, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs:
▫️BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha(15 mln so‘mdan 30 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
▫️3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
📌 Shuningdek, firibgarlikning miqdori, takroriyligi, sodir etgan shaxslar, sodir etish vositasidan kelib chiqib javobgarlik chorasi og‘irlashishi mumkin.
🔰 Firibgarlik kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa:
▫️BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha(30 mln so‘mdan 90 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
▫️3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
🔰 Firibgarlik xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa:
▫️ BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha(90 mln so‘mdan 120 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️ 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️ muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
🔰 Firibgarlik uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa:
▫️BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha (120 mln so‘mdan 180 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️ 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
❗️Etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.