Finlyandiya Rossiya bilan to‘rtta yirik nazorat-o‘tkazish punktini yopdi

Finlyandiya hukumati Rossiya bilan chegaradagi to‘rtta yirik nazorat-o‘tkazish punktini yopishga buyruq berdi. Tegishli qaror Vazirlar Mahkamasi saytida e’lon qilindi.
"Hukumat Finlyandiyaning sharqiy chegarasining bir qismini yopishga qaror qildi", — deyiladi bayonotda.
Shunday qilib, 18 noyabr, shanba kunidan boshlab Vaalimaa, Nuyyamaa, Imatra va Niirala nazorat-o‘tkazish punktlari yopildi. Mazkur qarorning amal qilish muddati 2024 yil 18 fevralgacha belgilandi.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya yaqin tarixda Finlyandiyaga hech qachon tahdid qilmaganini aytgan edi. "Rossiya zamonaviy tarixda Finlyandiyaga hech qachon tahdid qilmagan; bizda hech qachon qarama-qarshilik uchun sabab bo‘lmagan", dedi u.
Peskov Rossiya va Finlyandiya har doim o‘zaro manfaatli va o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarga ega ekanligini ta’kidladi.