Finlandiya ham Rossiya raqamlari bo‘lgan avtomobillarning mamlakatga kirishini taqiqlaydi

Finlandiya ham Rossiya raqamlari bo‘lgan avtomobillarning mamlakatga kirishini taqiqlaydi

Boltiqbo‘yi mamlakatlari ortidan Finlandiya ham Rossiya raqamlari bo‘lgan avtomobillarning mamlakatga kirishini taqiqlaydi.

Bu haqda mahalliy Yle portali xabar berdi. Unga ko‘ra, qarorni bugun mamlakat tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

Taqiqda bir nechta istisnolar bo‘ladi. Xususan, faqat 10 nafardan kam yo‘lovchi sig‘imiga ega bo‘lgan avtomobillar kirishi taqiqlanishi nazarda tutilgan.

Avvalroq Latviya, Litva va Estoniya Yevrokomissiya qaroriga ko‘ra, Rossiya Federasiyasida ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillarning o‘z hududlariga kirishini taqiqlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!