FIFA robotlar xizmatidan yon qanot hakami sifatida foydalanmoqchi

FIFA robotlar xizmatidan yon qanot hakami sifatida foydalanmoqchi

FIFA 2022 yilda Qatarda o‘tadigan jahon chempionatida yangi texnologiyani joriy qilishni rejalashtirmoqda.

Xususan, tashkilot robotlar xizmatidan yon qanot hakami sifatida foydalanmoqchi. 

Texnologiyalar bo‘yicha direktor Yohannes Holsmyuller bergan ma’lumotga ko‘ra, yon qanot hakamlari kompyuter texnologiyalari bilan almashtiriladi. Ular futbolchining ofsaydga tushish holatini avtomatik tarzda aniqlaydi. 

Qayd qilish joizki, 2019 yil dekabr oyida Qatarda o‘tkazilgan klublararo jahon chempionatida robot-hakamlar xizmati ilk marotaba sinovdan o‘tkazilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!