Klublar o‘rtasidagi 2025 yilgi jahon chempionatining mukofot jamg‘armasi 1 milliard dollarni tashkil qiladi.
Bu haqda xabar berdi Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) matbuot xizmati.
Turnir 2025 yilning 15 iyunidan 13 iyuliga qadar AQSHDA bo‘lib o‘tadi. Musobaqa har to‘rt yilda bir marta o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 32 ta jamoa ishtirokida ilk bor o‘tkaziladi. Musobaqada Yevropadan 12 ta klub (shu jumladan, Chempionlar ligasining so‘nggi 4 ta g‘olibi, shuningdek, klublar reytingidagi eng yaxshi 8 ta jamoa), Janubiy Amerikadan 6 ta, Shimoliy Amerika, Afrika va Osiyodan 4 ta, Okeaniyadan 1 ta klub hamda mezbon mamlakat vakili ishtirok etadi. Jamoalar 4 tadan 8 ta guruhga bo‘lingan va har bir raqib bilan bir martadan o‘ynaydi. Har bir guruhdan ikkita eng yaxshi jamoa 1/8 finalga yo‘l oladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Олимларнинг фикрича, Қуёш аста-секин кенгайиб боради, бу эса ҳароратнинг ошиши Ер атмосфераси таркибини ўзгартириши ва кислород миқдорини камайтириши мумкин.