FIDE dekabr oyi uchun top-100 reytingni e’lon qildi

FIDE dekabr oyi uchun top-100 reytingni e’lon qildi

Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) shaxmatchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Reytingni norvegiyalik Magnus Karlsen (2830) boshqarib bormoqda. Ikkinchi o‘rinni esa AQSh vakili Fabiano Karuana egallagan. Yana bir aqshlik grossmeyster Hikaru Nakamura kuchli uchlikka yakun yasagan.

FIDE Top-100 reytingidan o‘zbekistonlik 4 nafar grossmeyster o‘rin olgan. Nodirbek Abdusattorov (2727) 22-o‘rinni egallab turibdi. Javohir Sindorov (2701) 35-o‘rin, Rustam Qosimjonov (2684) esa 48-pog‘onani band etgan. Shuningdek, Nodirbek Yoqubboyev (2661) 77-o‘rinda qayd etilgan.

FIDE reytingi:

1. Magnus Karlsen (Norvegiya) — 2830
2. Fabiano Karuana (AQSh) — 2794
3. Hikaru Nakamura (AQSh) — 2788
4. Din Lijen (Xitoy) — 2780
5. Yan Nepomnyashiy (Rossiya) — 2771
6. Alirizo Firuja (Fransiya) — 2763
7. Anish Giri (Niderlandiya) — 2754
8. Uesli So (AQSh) — 2752
9. Sergey Karjakin (Rossiya) — 2750
10. Vishvanatan Anand (Hindiston) — 2748
22. Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) — 2727
35. Javohir Sindorov (O‘zbekiston) — 2701
48. Rustam Qosimjonov (O‘zbekiston) — 2684
77. Nodirbek Yoqubboyev (O‘zbekiston) — 2661.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!