Fidan Armanistonga "to‘g‘riroq maslahat" berilishini tavsiya qildi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvda hamkasbiga Ozarbayjonning Qorabog‘dagi qadamlari muqarrarligi haqida ma’lumot berdi.
Diplomat tomonlar mintaqada qanday qilib tinchlik o‘rnatish kerakligi borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirganligini ta’kidladi:
“Mintaqada muayyan qadamlar tashlash kerak. Xususan, g‘arblik hamkorlarimiz Armanistonga to‘g‘riroq maslahat berishlari kerak. Aks holda tashqaridan kelayotgan maslahatlar va mintaqamiz qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan qadamlar tinchlik va barqarorlik o‘rniga katta tartibsizlikka olib keladi”.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)