Fazoda eng ko‘p bo‘lgan ayol amerikalik

Fazoda eng ko‘p bo‘lgan ayol amerikalik

AQShlik kosmonavt fazoda eng ko‘p bo‘lgan ayol sifatida tarixga kirdi

Astronavt Kristina Koch fazoda eng ko‘p bo‘lgan ayol sifatida tarixga kirdi. U 328 kun kosmosda bo‘ldi. 

«NASA» vakilasi payshanba kuni ertalab Yerga, Yevropa kosmik agentligi astronavti Luka Parmitano va rossiyalik kosmonavt Aleksandr Skvortsov bilan birga qaytib keldi.

Astronavtlar «Soyuz» kosmik kemasida mahalliy vaqt bilan soat 4:12 da Qozog‘istonning Jezkazgan shahri yaqiniga qo‘ndi.

Ma’lumot o‘rnida, Kristina Koch Xalqaro fazoviy stansiyada muhim loyihalarda uzoq missiya bilan qatnashgan ilk ayol kosmonavtdir.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!