FARZANDSIZLIKKA CHORA BOR Yoxud ayollarga onalik baxtini ulashayotgan tabib opa

FARZANDSIZLIKKA CHORA BOR Yoxud ayollarga onalik baxtini ulashayotgan tabib opa

Onalik naqadar buyuk baxt ekanligini farzand ko‘rgan ayolgina chuqur his eta oladi. Chunki tabiat ayolni shunday yaratgan. Uning bu olamdagi eng ulug‘ vazifasi farzandli bo‘lish va uni avaylab-asrab voyaga yetkazishdir. Afsus, oramizda bu baxtdan mosuvo ayollar ham talaygina. Quvonarlisi, farzand ko‘rishga layoqatsiz deb topilgan ayollar ham bugun qo‘li yengil tabiblar tufayli onalik baxtiga erishayaptilar. Ana shunday tabiblardan biri, 25 yildan buyon farzand ko‘rish istagida bo‘lgan ayollarga ham baxt ulashayotgan ayol Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Nazarbek qo‘rg‘oni, Hamjihatlik 1-tor ko‘cha, 14-uyda yashovchi Alfiya opa MIRZAYEVAdir. U kishi hozirda lisenziya asosida (O‘zbekiston xalq tabobati assosiasiyasi) farzandsizlikdan qiynalayotgan ayollarga va ota bo‘lish xususiyati yo‘q, deya topilgan erkaklarga ham ota-onalik baxtini tuhfa etyapti. Quyida Alfiya opa tufayli farzandli bo‘lgan ayollar shunday deydi:

“ETTI YILDAN SO‘NG ORZUIM USHALDI”

Nodira Saidova, Toshkent viloyati, Qibray tumani:

Turmushga chiqqanimdan so‘ng yetti yil farzand ko‘rmadim. Turmush o‘rtog‘im bilan juda ko‘plab shifokor va tabiblarga davolandik. Ammo foydasi bo‘lmadi. Yaqinlarimiz, tanish-bilishlarimiz ajrashinglar, deyishdi. Lekin biz bir-birimizdan ko‘ngil uzolmadik. Farzandli bo‘lish uchun har qanday azobga ham tayyor edim. Shunday kunlarning birida 20 yildan buyon farzandli bo‘lolmayotgan tanishimning homilador bo‘lganligini eshitib qoldim va qayerda davolanganligi haqida so‘radim. U kishi Alfiya Mirzayevda davolanganligini aytdi. Shundan so‘ng men ham xo‘jayinim bilan Alfiya opaning oldilariga bordik. Tabib opaning davolash usullaridan ko‘nglim to‘ldi va yuragimda umid paydo bo‘ldi. Alfiya opa “Siz farzandli bo‘lasiz” deganlarida ko‘zlarimdan tirqirab yosh chiqib ketdi. “O‘sha kunlarni ko‘rarmikinman” deya yuragim ezildi. Lekin u kishi ishonch bilan yana shu gapni takrorlagach, tabib opadan muolajalarni astoydil ola boshladim. Muolaja yakuniga yetgach, bir oydan so‘ng homilador bo‘ldim. Quvonchimning cheki yo‘q. Bu men uchun mo‘’jiza bo‘ldi.

“TURMUSHIM BUZILISHIDAN SAQLAB QOLDINGIZ”

Nargiza Eshonqulova, Samarqand viloyati, Paxtachi tumani:

- Turmush o‘rtog‘im bilan sevishib oila qurgandik. Rostini aytsam, turmush qurishimizga yaqinlarimiz juda qattiq norozi bo‘lishgandi. Shunday bo‘lsada, sevgimiz uchun kurashib, birga yashash baxtiga erishdik. Ammo turmush qurganimizga besh yil bo‘lgan bo‘lsada, farzandimiz bo‘lmadi. Juda ko‘p shifokorlarga qaratdik, tabiblarga ham davolandik. Tahlillar natijasi bizni farzand ko‘rishga loyiq, deb topardi. Biroq bo‘yimda bo‘lmasdi. Alfiya opa haqida eshitganimda dunyo topgandek bo‘ldim go‘yo. Erimga aytgandim ishonmadi. “Bo‘ldi, bas qil, endi farzand dardida hech qayerga bormaymiz” dedi. Ilojsiz erimdan bekitib, Alfiya opaning oldilariga keldim va u kishidan albatta, farzandli bo‘lasiz, degan so‘zlarni eshitib, ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi. Muolajalardan so‘ng oradan uch oy o‘tar-o‘tmas bo‘yimda bo‘ldi. Hozir judayam baxtiyorman. Qiz farzandli bo‘lsam ismini Alfiya qo‘yaman.

“FARZANDLI BO‘LISHDAN UMIDIMNI UZGANDIM”

Sohiba G‘iyosova, Samarqand viloyati, Narpay tumani:

Men ham Alfiya opa tufayli farzandli bo‘ldim. Sakkiz yildan buyon farzandsizlikdan qiynalayotgandik. Oilam buzilish arafasida turgandi. Chunki istaymizmi-yo‘qmi oila zanjirini farzand mustahkamlar ekan. Erim yaxshi inson. Lekin ko‘cha-ko‘yda, do‘st-yorlar davrasida bo‘lganda bolasi yo‘qligidan ko‘p o‘kinardi. Alfiya opa haqida ana shunday tang vaziyatda xabar topdim va darhol u kishini izlab topdim. Turmush o‘rtog‘im ikkimizni muolaja qildilar. Alfiya opaga rahmat.

“ERIMNI BOSHQA AYOLGA UYLANTIRMOQCHI EDIM”

Zarnigor Qobilova, Surxondaryo viloyati, Uzun tumani:

Turmush qurganimizga 9 yildan oshgan bo‘lsada, farzand ko‘rolmayotgandik.Biz ham juda ko‘p davolandik, kimdan nima eshitsak o‘sha joyga davo istab borardik. Lekin har safar umidimiz so‘navergach taqdirga tan berib qo‘ygandik. Erimga boshqa ayolga uylanishini ko‘p bor aytganman. Biroq u kishi farzand ko‘rmasak ham ajrashmaymiz, deb qattiq turib oldilar. Endi dunyodan farzandsiz o‘tarkanmizda, deya mung‘ayib, bir-birimizga suyanib yashay boshlaganimizda qo‘shnimdan Alfiya opa haqida eshitib qoldim. O‘sha kuniyoq Alfiya opani qidirib yo‘lga tushdik. Erim bilan birga bir oy muolaja oldik. Ne ajabki, ikkinchi oydan homilador bo‘ldim. Quvonchimizning cheki yo‘q. Turmush o‘rtog‘imning haliyam ishongilari kelmaydi. Nahotki, bizning ham farzandimiz bo‘ladi, deydilar quvonib. Allohga beadad shukrlar bo‘lsin, bizni ham umidsiz qilmadi. Alfiya opaga mingdan-ming rahmat. Dunyo turguncha turinglar ilohim.

Agar siz ham Alfiya opadan shifo topishni istasangiz quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Nazarbek qo‘rg‘oni, Hamjihatlik 1-tor ko‘cha, 14-uy

Murojaat uchun telefonlar: (98) 812-06-36; ( 90) 924-29-04

Qabul kunlari haftaning barcha kunlarida. Qabul soati soat 9:00 dan soat 18:00 gacha.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!