So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchilarining ota-onalari nomidan maktab rahbariyati nomiga yozilgan “Kafolat xat”larining rasmlari keng tarqalmoqda. Kafolat xatlarida, asosan yozgi ta’til vaqtida bolalarning suv havzalariga cho‘milgani bormasligi, masjidlarga, Juma namoziga chiqmasligini nazorat qilaman, degan ma’noda tushuntirishlar yozilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda bu borada keskin munozaralar bo‘lmoqda, bunday “Kafolat xat”larining yozilishi maktab rahbariyati tomonidan mavjud qonunchilikning buzilishi, deya baholanmoqda. Albatta, bunday tushunarsiz vaziyat sohani tubdan isloh qilishga kirishgan Xalq ta’limi vazirligi rahbariyatiga ham xush kelmaydi.
Vaziyatga oydinlik kiritish uchun Azon.uz axborot-tahliliy portali Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari bilan bog‘landi. Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Qirg‘izboyev Suhrob Muqimjonovich bunday xatlar haqida ma’lumotga ega emasligini aytdi. O‘rinbosarning ma’lum qilishicha, Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi ham, Xalq ta’limi vazirligi ham bunday “kafolati xat”larini olish haqida topshiriq bermagan. Faqat, ota-onalardan o‘quvchilarning yozgi ta’til vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan tadbirlar tashkil etilgan tushuntirish darslarida va maktabdagi qo‘shimcha to‘garaklarda qatnashishini ta’minlash so‘ralgan. Bu ham ota-onalarga og‘zaki tushuntirilgan. Lekin, “Kafolat xati” olish haqida hech qanday gap yo‘q, dedi boshliq o‘rinbosari.
Shuningdek, bunday “Kafolat xat”larini majburiy olish holatlari kuzatilsa, ota-onalar boshqarmaning quyidagi raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkinligini ma’lum qilindi:
71 237-08-13
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Мадриднинг "Реал" клуби бош мураббийи Хаби Алонсо 14 декабрь куни бўлиб ўтадиган "Алавес"га қарши сафар ўйинида ғалаба қозонмаса, истеъфога чиқарилади.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
АҚШ президенти Доналд Трамп Қўшма Штатлар армияси наркотик савдосига қарши ҳарбий кампанияни кенгайтиришини ва Лотин Америкасида қуруқликдаги нишонларга зарбалар бера бошлашини маълум қилди.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.
«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.