Farzandi bilan uysiz qolgan sardobalik ayolning muammosi qachon hal bo‘ladi?

Farzandi bilan uysiz qolgan sardobalik ayolning muammosi qachon hal bo‘ladi?

Biroz avval Aziza Umarova o‘z Telegram kanalida farzandi bilan uysiz qolgan sardobalik Dildoraxon haqida yozib qoldirgandi. Ularni hech qayerdan topa olmayotgani, telefoni xizmat doira ekani, Telegram profili o‘chirilgani sababli ulardan xavotir olayotganini bildirdi. Bloger Xushnud Xudoyberdiyev esa bu holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

"Bu postni o‘qib, men ham xavotir oldim, albatta. Sirdaryoda ekanligimizdan foydalanib, viloyat hokimligi mas’ullaridan Dildoraxonni topib berishlarini, shaxsan o‘zim gaplashib, ovozlarini eshitsamgina ko‘nglim xotirjam bo‘lishini aytdim. Tez orada bog‘lab berishdi.

Dildoraxon bilan gaplashdim, muammolarini tingladim.

Vaziyat qisqacha quyidagicha ekan:

Dildoraxon onasi va farzandi bilan birga tog‘asining oilasi bilan yonma-yon yashashgan. Suv toshqinidan talafot ko‘rilgach, tog‘asining oilasi uchun uy hamda 40 mln so‘m berilgan. Onasi uchun esa 40 mln so‘m berilgan.

Dildoraxonning o‘zini aytishicha, onasiga ham uy berilsa bo‘ldi, “boshqa shikoyatim yo‘q, onam bilan birga yashardik” dedi.

Shundan so‘ng, bu masala bo‘yicha viloyat hokimining o‘rinbosari Anvar Karimov bilan gaplashdim. Anvar akaning aytishicha, Dildoraxonning onasi uchun ham uy ajratilgan, ro‘yxatga kiritilgan, Xudo xohlasa 15 noyabrgacha qurilish ishlari tugasa, uy topshiriladi. Hattoki agar kelgusida zaruriyat tug‘ilsa, Dildoraxonning o‘ziga ham hokimiyat balansidagi uylardan birini foydalanish uchun topshirishni taklif qilishgan.

Xulosa:

1. Dildoraxon sog‘-omon, hech bir kor-hol bo‘lmagan, o‘zim gaplashdim;

2. Dildoraxonning o‘zi so‘ragan onasi uchun uy 15 noyabrga qadar topshiriladi", – deb yozdi u.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!