Farrux Zokirov Ozarbayjon xalq artisti unvoniga sazovor bo‘ldi

Farrux Zokirov Ozarbayjon xalq artisti unvoniga sazovor bo‘ldi

Kuni kecha poytaxtdagi Forumlar saroyida O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlarining faxriy unvonlarni berish to‘g‘risidagi tegishli farmonlariga ko‘ra, Farrux Zokirovga Xalq artisti va Polad Byulbyulog‘liga O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti faxriy unvonlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administrasiyasining ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov farmonlarni o‘qib eshittirdi hamda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Ozarbayjon madaniyat vaziri Adil Karimli tomonidan faxriy unvonlar tantanali topshirildi.

Farrux Zokirov Ozarbayjon xalq artisti unvoniga sazovor bo‘ldi

Foto: “Daryo” / Nurken Tursunov

Farrux Zokirov Ozarbayjon xalq artisti unvoniga sazovor bo‘ldi

Faxriy unvonlar topshirilgandan so‘ng, tadbirga taklif etilgan madaniyat va san’at sohasi vakillari so‘zga chiqib, ikki qardosh xalq san’atkorlarini olqishladi.

Farrux Zokirov Ozarbayjon xalq artisti unvoniga sazovor bo‘ldi

Foto: “Daryo” / Nurken Tursunov

Tadbir davomida so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalar qatori madaniyat va san’at sohasida ham mustahkamlanayotganligi, do‘stlik va hamkorlik aloqalari jadal rivojlanib, mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilayotganligi ta’kidlandi.

Farrux Zokirov Ozarbayjon xalq artisti unvoniga sazovor bo‘ldi

“Biz bugun shunday sharafga muyassar bo‘ldik, do‘stim O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘ldi. Biroz hazil qilib aytamanki, biz azaldan do‘st tutinganmiz, biroq endi yanada yaqin bo‘ldik, bo‘ylarimiz tenglashgandek bo‘ldi. Men bundan faxrlanaman, bu men uchun katta sharaf. Ilgari ham ko‘p aytganman, bizni ko‘p rishtalar bog‘lab turadi. Mana oddiy misol: mening oilam, ota-onam, Poladning ota-onasi... Mening otam va uning otasi bitta pedagogdan tahsil olgan va uning buyuk otasi Toshkentga gastrolga kelganda birgalikda opera ijro etishgan. Otam ikkinchi partiyani kuylagandi. Biz bu ajoyib an’analarni, akam Botir Zokirov boshlagan do‘stlikni davom ettiryapmiz. Ozarbayjonda shunday hamkasbim borligidan faxrlanaman. Biz ko‘proq musiqa, do‘stlik, san’at haqida suhbatlashamiz”, deydi Farrux Zokirov.

“Men birodarim Farruxning so‘zlariga qo‘shimcha qilib aytmoqchimanki, ota-onalarimiz do‘st edilar. Men Botirdan kichikroq edim. Butun dunyo uning “Arab tangosi”dan zavq olardi. Men ham kuylay boshlaganimda, ko‘p uchrasha boshladik, Moskvadagi tasvirga olish jarayonlarida birga qatnashardik va endi bu do‘stlik rishtalarini Farrux bilan ko‘p yillardan beri davom ettiryapmiz — bu juda qadrli. Bugun O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlari nihoyatda yuqori darajada. Buning uchun prezidentlarimiz Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyevga ulkan rahmatlar aytishimiz kerak”, dedi o‘z nutqida Polad Byulbyulog‘li.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!