Farg‘onada YPX xodimi avtofalokat sodir etgani tasdiqlandi

Farg‘onada YPX xodimi avtofalokat sodir etgani tasdiqlandi

Joriy yilning 02 yanvar kuni YPX inspektori safdor T.T. o‘ziga biriktirilgan "Lacetti" rusumli xizmat avtomashinasini Furqat tumani Ayritom qishlog‘i hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan J.S. boshqaruvidagi "Nexia-2" rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!