Farg‘onada telegram guruhlar orqali diniy mazmundagi ma’ruzalar tarqatgan 22 yoshli yigit 900 ming so‘m jarimaga tortildi

Farg‘onada telegram guruhlar orqali diniy mazmundagi ma’ruzalar tarqatgan 22 yoshli yigit 900 ming so‘m jarimaga tortildi

Farg‘onada diniy mazmundagi materiallarni tarqatish holati aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Joriy yilning 9 mart kuni Oltiariq tumani IIB TQX TQKB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, Oltiariq tumani, Sertut mahalla hududida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan M.Z o‘zining "Samsung A33" rusumidagi mobil apparatida internetning "Telegram" ijtimoiy tarmog‘ida tegishli profilida har xil nomdagi guruhlari orqali diniy mazmundagi audio va video formatdagi diniy ma’ruzalarini tarqatganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-moddasi prim 2–moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudiga yuborilgan.

Sud huquqbuzar M.Z.ga yuqoridagi moddaga asosan, BXMning 3 barobari 900.000 so‘m miqdorda jarima jazosi taynlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!