Oila muqaddas. Shaxs oilada tug‘ilib, shakllanadi va kamol topadi. Oilaning mustahkamligi nafaqat shu oila a’zolari uchun, balki butun jamiyat uchun muhimdir. Chunki, oiladagi barqarorlik va tinchlik jamiyatda ham o‘z aksini namoyon etadi. Biroq, jamiyatimizda shunday oilalar borki, unda “bir qorindan talashib tushgan” jigarbandlar o‘rtasida muntazam bo‘ladigan kelishmovchiliklar va janjallar oddiy holga aylangan.
Toshloq tuman ma’muriy sudi tomonidan 2020 yil 13 fevral kuni tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi (haqorat) va 52-moddasining 2-qismi (qasddan yengil tan jarohati yetkazish) bilan B.Tillaboyev nisbatan to‘plangan ma’muriy ish materiallari ko‘rib chiqildi.
Toshloq tuman sudining raisi A.Akramovning "ANIQ.UZ"ga ma’lum qilishicha, ish holatiga ko‘ra, B.Tillaboyev 2020 yil 24 yanvar kuni yashash xonadonida singlisi Z.Tillaboyeva bilan keksa onasini yumushlarini bajarish yuzasidan o‘zaro janjallashib ketib, uni uyatli so‘zlar bilan so‘kib, haqorat qilib, tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib, yengil tan jarohati yetkazgan.
Sud majlisida raislik qiluvchi taraflarni murosaga chaqirib, eng avvalo aka-singilni tan jarohati yetkazib janjallashishi uyatli holat ekanligini, bu holat kelgusida yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini va ularni o‘zaro yarashib olishlari hamma uchun manfaatli ekanligini ta’kidlab, harchand aka-singilni yarashtirishga urinmasin taraflar yarashuv yo‘lini tanlashmadi. Ish bo‘yicha jabrlanuvchi Z.Tillaboyeva sud majlisida akasiga qat’iy jazo tayinlanishini va bu talabidan voz kechmasligini bildirib, moddiy va ma’naviy zararlar undirish masalasini ham hal qilib berishni so‘radi.
Sudning qaroriga ko‘ra, B.Tillaboyev O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi va 52-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga MJtKning 34-moddasiga asosan uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida 2 230 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi. B.Tillaboyev jarimani bir kun davomida to‘liq to‘ladi.
Jabrlanuvchi tomonidan ish bo‘yicha yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagani sababli, kelgusida ushbu hujjatlarni ilova qilgan holda tegishli fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqi borligi tushuntirildi.
Shu o‘rinda, bir narsaga e’tiborni qaratsak. Aka-singil o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqishining sababi bu ularning onalarini holidan xabar olishdagi o‘zaro tushunmovchilik. Nahot, o‘z mehribonligi va rahmdilligi bilan dong taratgan millatimiz hozirga kelib o‘z onalarini boqish bilan bog‘liq munosabatlarda janjallashishsa, bir-birlariga qat’iy choralar tayinlanishini so‘rashsa?! Albatta, bu holat achinarli. Lekin, umid qilamizki bu holat kelgusida o‘z yakunini topib, taraflar murosa yo‘lini tanlaydilar.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.
Исроил Суриядаги айирмачи кучлар орқали мамлакатни бўлиб ташлашга уринмоқда. Бу ҳақда Сурия ахборот вазири Ҳамза ал-Мустафо Туркиянинг “Anadolu” ахборот агентлигига берган интервьюсида маълум қилган.
Болани ерда маҳаллий аҳоли вакили топиб олиб, тез ёрдам чақирган. Ҳодиса жиддийлигига қарамай, бола ҳушини йўқотмаган. Унинг қўли синган, умуртқа поғонаси чўзилган
Маълум қилинишича, аёл давлат чегараси чизиғидан 80 метр масофада, чегара ҳудудида ноқонуний равишда бўлиб, Қозоғистон ва Россия чегарасини расмий ўтиш пунктларидан ташқарида кесиб ўтмоқчи бўлган.
1 августдан бошлаб АҚШ президенти Доналд Трамп Жанубий Корея ва Ҳиндистондан олиб кириладиган маҳсулотларга янги бож тўловлари жорий этилишини эълон қилди. Унда икки давлатга турлича ёндашув намоён бўлди.