Farg‘onada “Neoline antiradari” o‘g‘risiga sud hukmi o‘qildi

Farg‘onada “Neoline antiradari” o‘g‘risiga sud hukmi o‘qildi

O‘g‘rilik uchun jinoyat kodeksining 169-moddasida jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, o‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishda ifodalanadi.

39 yoshida ikkinchi marotaba sudlangan sudlanuvchi Bahodir Ravshanov (ism shariflar va joy nomlari shartli) o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida ilk bahor kunlarida Buvayda tumaniga kelib, tumanning Qo‘rg‘oncha qishlog‘ida, ko‘chaning avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasi yonida turgan J.Avlayevga tegishli "Vaz-2115 lada" rusumli avtomashina ochiq holda turganligidan foydalanib, mazkur avtomashinadan narxi 1.500.000 so‘mlik "Neoline 7500" rusumli antiradarni o‘g‘irlab, voqea joyidan qochib yashiringan.

Bundan tashqari, B.Ravshanov takroran, o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida Buvayda tumani Yangiqo‘rg‘on markaziga kelib, avtoshohbekat oldida turgan T.Turdiyevga tegishli "Gentra" rusumli avtomashina ochiq holda turganligidan foydalanib, mazkur avtomashinadan 1.650.000 so‘mlik "Neoline 7700" rusumli antiradarni o‘g‘irlab, voqea joyidan qochib yashiringan.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida B. Ravshanovdan J.Avlayev va T.Turdiyevlarga tegishli bo‘lgan "Neoline 7500" rusumli antiradarlar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Sud, sudlanuvchining aybiga iqror bo‘lib bergan ko‘rsatuvini hamda jabrlanuvchining qonuniy vakili, jabrlanuvchining ko‘rsatuvlarini, taraflarning muzokara nutqlari, sudlanuvchining oxirgi so‘zini tinglab, jinoyat ishi materiallarini har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqib sudlanuvchi B. Ravshanovni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganganlikda aybli deb topib, qonun sanksiyasida ko‘rsatilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Abdurasul Minojiddinov,

jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tuman sudi raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!