Farg‘onada "Man" ag‘darilib, 3 ta yengil avtomobillarga to‘qnashdi

Farg‘onada "Man" ag‘darilib,  3 ta yengil avtomobillarga to‘qnashdi

2022 yil 14 may kuni soat 00:30 larda Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri hududidan o‘tuvchi 4P-112 avtomobil yo‘lining 228-kilometridagi aylanma yo‘lida haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan I.R. "Man" rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida transport vositasi ag‘darilgan va yo‘l chetida to‘xtab turgan 3 ta yengil avtomobillarga to‘qnashgan.

Hodisa natijasida, to‘xtab turgan "Lacetti" avtomobilining haydovchisi, 1980 yilda tug‘ilgan O‘.Z. shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, yuk avtomobili haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi TB xodimlari tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!