Farg‘onada “Gentra”ni olib qochgan 4 nafar shaxs ushlandi

Farg‘onada “Gentra”ni olib qochgan 4 nafar shaxs ushlandi

Farg‘ona shahrida 26 fevral kuni olib qochilgan “Gentra” topildi.

Fuqarolarimizdan avtomashinalarini ochiq va qarovsiz qoldirmasliklarini so‘raymiz.

Joriy yilning 26 fevral kuni Farg‘ona shaharida yashovchi fuqaroga tegishli “Gentra” rusumli avtomashina yashash xonadoni oldidan olib qochilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, mazkur jinoyatni 2001 y.t. Andijon viloyati, Asaka tumanida yashovchi S.Q. va 1993 y.t.Q.I. ikki nafar tanishlari bilan birga sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan JKning 267-m. 2-q. “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!