Farg‘onada gaz uzilganiga qarshi norozilik uyushtirganlar qamaldi

Farg‘onada gaz uzilganiga qarshi norozilik uyushtirganlar qamaldi

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 29 noyabr kuni aholiga tabiiy gazni ko‘proq yetkazib berish maqsadida O‘zbekiston tumani, Sho‘rsuv MFYda joylashgan “ALBUS” gips ishlab chiqaruvchi zavodi oldindan tuzulgan shartnoma shartlariga binoan tuman gaz idorasi tomonidan gaz quvuridan uzilgan.

Joriy yilning 6 dekabr kuni zavodning 20 nafar ishchilari yuqoridagi holatni noto‘g‘ri talqin qilib, o‘zboshimchalik bilan jamoat tartibiga qarshi noroziliklarni uyushtirgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tuman IIB tomonidan zavodning jami 7 nafar ishchilariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 201-moddasi (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga taqdim qilingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudi 07.12.2022 yil kuni huquqbuzarlarning 1 nafariga 10 sutka, 6 nafariga 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!