Farg‘onada 6 nafar bola vafot etgani aytilgan YTH bo‘yicha ma’lumot berildi

Farg‘onada 6 nafar bola vafot etgani aytilgan YTH bo‘yicha ma’lumot berildi.
Viloyat IIB matbuot xizmatiga ko‘ra, YTH bugun soat 8:20 larda Uchko‘prik tumanida yuz bergan.
Isuzu haydovchisi svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Damas’ni ortidan urgan.
Oqibatda 36 va 35 yoshli ayollar voqea joyida vafot etan. Yana 4 kishi jarohatlangan. Rasmiy xabarda bolalar haqida ma’lumot yo‘q.
Holat yuzasidan Isuzu haydovchisiga jinoiy ish ochilib, u qamoqqa olingan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)