Farg‘ona viloyatida o‘tgan yilda 1 milliard 330 million dollar miqdorida xorijiy investisiya o‘zlashtirildi. Investisiya kiritayotgan mamlakatlarning umumiy soni 23 taga yetib, bunda Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya davlatlari yetakchilik qildi.
Shuningdek, umumiy qiymati 332,5 million dollar bo‘lgan 28 ta xorijiy investisiya ishtirokidagi yirik loyiha ishga tushirildi, uch mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi. Joriy yilda esa investisiyalar yanada faol jalb etiladi. Bu haqda Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasida viloyat hokimi o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov viloyatda xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirish, eksport va tashqi savdo geografiyasini rivojlantirish hamda hududiy investisiya loyihalarini amalga oshirish borasida 2023 yilda bajarilgan ishlar tahlili hamda bu borada 2024 yildagi chora-tadbirlar haqidagi axborotida ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan 2024 yilda investisiya, eksport va sanoat sohalaridagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlar asosida viloyatda aniq-chora tadbirlar ishlab chiqildi. Viloyatda 2024-2026 yillarda xorijiy investisiyalar ishtirokida amalga oshiriladigan umumiy qiymati 1,9 milliard dollar bo‘lgan 149 ta loyihaning manzilli ro‘yxati shakllantirilgan. Ushbu loyihalar doirasida xorijiy investisiyalar o‘zlashtirishni joriy yilda 1,5 milliard dollarga yetkaziladi.
-Bu ko‘rsatkichlarga erishishda 2 ta yo‘nalishda ishlar tashkil qilingan, -deydi viloyat hokimi o‘rinbosari.--Avvalo, xorijiy davlatlar bilan hamkorlik munosabatlari tizimli va tartibli mexanizm asosida yo‘lga qo‘yiladi. Ikkinchi yo‘nalishda, viloyat miqyosida va har bir shahar, tumanlarda investisiyalarni jalb qilishda jozibadorlikni oshirishga alohida ahamiyat qaratiladi.
Viloyatning eksport salohiyati hamda yangi ishga tushirilgan korxonalar imkoniyatlari o‘rganib chiqilgan holda maqsadli eksport ko‘rsatkichlari belgilab olingan. Joriy yilda 1 milliard 100 million dollarlik mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish prognozi ishlab chiqildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Жей Ди Вэнс Fox News телеканалига берган интервюсида журналистнинг Трамп ва Путин ўртасида Аляскада бўлиб ўтадиган музокаралар ҳақидаги саволларига жавоб берди.
Жума куни кечқурундан бошлаб оммавий ахборот воситаларида 15 август куни Аляскада АҚШ президенти Дональд Трамп ва Владимир Путин муҳокама қилмоқчи бўлган «тинчлик режаси» ҳақидаги тафсилотлар тарқала бошлади.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.
Исроил Суриядаги айирмачи кучлар орқали мамлакатни бўлиб ташлашга уринмоқда. Бу ҳақда Сурия ахборот вазири Ҳамза ал-Мустафо Туркиянинг “Anadolu” ахборот агентлигига берган интервьюсида маълум қилган.