Farg‘ona viloyatining tuman va shaharlari chegaralari o‘zgartirilmoqda

Farg‘ona viloyatining tuman va shaharlari chegaralari o‘zgartirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston, Uchko‘prik, Dang‘ara, Farg‘ona, Toshloq, Qo‘shtepa tumanlari, Qo‘qon, Marg‘ilon va Farg‘ona shaharlari hududi chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi Qonunchilik palatasi qarori loyihasini ko‘rib chiqishdi.Bu haqda quyi palata matbulot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, mazkur hujjatda hududlarning yaxlitligi, ma’muriy-hududiy birliklaridagi davlat boshqaruvining samaradorligi hamda ma’muriy- hududiy birliklarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi asosiy tamoyillardan biri hisoblanishi belgilanmoqda.

Ushbu qarorning qabul qilinishi Farg‘ona viloyati ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini tartibga solish, mahalliy davlat hokimliklari organlari tomonidan hudud boshqaruvini yanada soddalashtirishga olib keladi. E’tiborli tomoni, Farg‘ona viloyati shaharlari va tumanlari chegarasidagi muammoli masalalarni yechish, aholi turmush darajasi sifatini oshirish, ijtimoiy infratuzilmalar hamda yo‘l xo‘jaligini tubdan yaxshilashga xizmat qiladi.

Majlisda qaror loyihasi qabul qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!