Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasida bayrog‘imizning 31-yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasida bayrog‘imizning 31-yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Er yuzida ikki yuzi ellikka yaqin davlatlar bor va albatta, har bir davlatning o‘z ramzlari, bayrog‘i bor. Har bir bayroq ayricha rang va timsollarga ega. Ular bilan yonma-yon balqib turgan bayrog‘imiz hech kimdan kam emasligimiz va kam bo‘lmasligimizni ko‘rsatib turadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganing 31 yilligi arafasida Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasida “Muqaddasdir vatan bayrog‘i” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shavkat Akbarov so‘zga chiqib, bayroq qadim-qadimdan har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgani, ajdodlarimiz ham yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ko‘z qorachig‘idek asraganlari, u kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lganini alohida ta’kidladi.

Tadbir davomida ikki nafar xarbiy xizmatchiga Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan xarbiy unvonlar topshirildi.

Davlat bayrog‘iga bag‘ishlangan tadbir xarbiy xizmatchilarining tantanalari yurishi bilan yakuniga yetdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!