Farg‘ona tumanida 839,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan omborxona aniqlandi

Farg‘ona tumanida 839,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan omborxona aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.Fh.” MCHJ filiali menejeri J.U. va boshqalar Farg‘ona tumanidagi dori vositalarini saqlash omborxonasidagi qurilmalarini tijorat maqsadda elektron hisob dasturiga kiritilmagan hisoblagich orqali o‘zboshimchalik bilan ulab, 839,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!