Farg‘ona shahrida dorixonaga o‘g‘irlikka tushgan shaxs qo‘lga tushdi

Farg‘ona shahrida dorixonaga o‘g‘irlikka tushgan shaxs qo‘lga tushdi

Farg‘ona shahar. Fuqaro M.A IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 13 iyun kunidan 14 iyun kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Yangi asr ko‘chasida joylashgan dorixonasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, dorixonadan jami narxi 1.700 AQSh dollarlik 2 dona noutbuk, kuzatuv kamera xotirasi va 400.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “G” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni M.B sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!