Familiya o‘zgargach, pasport ham almashtiriladimi?

Familiya o‘zgargach, pasport ham almashtiriladimi?

— Turmush o‘rtog‘imning familiyasiga o‘tmoqchiman. Familiya o‘zgargach, pasport ham almashtiriladimi? Nomimda uy bor. Boshqa hujjatlar ham (diplom, mehnat daftarchasi va h.k) bor. Ularning taqdiri nima bo‘ladi?

X.Jurayeva,
Qashqadaryo viloyati

— Siz turmush o‘rtog‘ingizning familiyasini qabul qilsangiz, u holda pasportni bir oy ichida almashtirishi zarurligi to‘g‘risida ogohlantirilasiz va pasportga bu haqda belgi qo‘yiladi. Shuningdek, Sizning nomingizda boshqa hujjatlar ham bo‘lgan taqdirda ushbu hujjatlardan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatga qarab familiyangiz o‘zgarganligi haqida belgi qo‘yilish va o‘zgartirilishi lozim.

Masalan, familiyangiz o‘zgargan taqdirda mehnat daftarchangizga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi kerak. Yoki plastik kartangizda familiyangiz yozilgan bo‘lsa, plastik karta muddati tugashi bilan o‘zgartirish kiritilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!