Falastinning ikki yirik siyosiy kuchi birgalikda harakat qiladigan bo‘ldi

Falastinning ikki yirik siyosiy kuchi birgalikda harakat qiladigan bo‘ldi

Kelgusi olti oy ichida Iordan daryosining g‘arbiy sohilida va G‘azo sektorida parlament saylovi bo‘lib o‘tadi.

FATX yetakchisi Mahmud Abbos va XAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xaniya ana shunga kelishib olishdi, deya xabar bermoqda "IslamToday"ga tayanib "azon.uz".

Falastinning ikki asosiy kuchi yetakchilari birlashgan milliy rahbariyat tuzish va Falastin ozodlik tashkilotining rolini faollashtirishning muhimligini ta’kidlashgan. Odatda o‘zaro raqobat qiluvchi bu siyosiy kuchlarning yaqinlashishi 15 sentyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari va Bahraynning Isroil bilan aloqa o‘rnatish bo‘yicha bitim tuzishi ortidan yuz berdi. 

Falatin qonunchilik kengashi uchun saylov oxirgi marta 2006 yilning yanvarida bo‘lib o‘tgan. Aslida saylov har to‘rt yilda o‘tkazilishi kerak, biroq Isroil qamali tufayli o‘tkazishning iloji bo‘lmadi. 

2007 yilda FATH va XAMAS o‘rtasida nizo yuz bergan, oqibatda Ramalloh va G‘azo o‘rtasida parokandalik kelib chiqqan edi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!