Falastin Isroildagi portni bombardimon qildi (VIDEO)

Falastin Isroildagi portni bombardimon qildi (VIDEO)

Falastinning HAMAS harakati Ashdodga yana zarba berdi. Bu safar raketalar portga qaratilgandi.

The Times of Israel nashrining yozishicha, hujum katta yong‘in chiqishiga sabab bo‘lgan.



Isroil kuchlari bunga javob qaytarishga va’da berishdi.

Isroil harbiylari G‘azo sektoridagi HAMAS qurol-aslaha  omborlarini  allaqachon  bombardimon  qilgan. Bundan tashqari, isroilliklar HAMAS xavfsizlik  xizmati  rahbarining  ofisiga  hujum  qilishdi - ob’ekt vayron qilingan.

Ayni paytda, Davlat departamenti boshlig‘ining Isroil va Falastin ishlari bo‘yicha yordamchisining  o‘rinbosari Hadi Amr tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Tel-Avivga  keldi.  Amerikalik  diplomat Isroil, Falastin va BMT rasmiylari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!