Fakt! Ronaldu Coca-cola'ni chetga surib qo‘yganida haqmidi?

Fakt! Ronaldu Coca-cola'ni chetga surib qo‘yganida haqmidi?

Tarkibida soda va shakar bo‘lgan gazli ichimliklar oshqozon-ichak trakti uchun zararli bo‘lishi mumkin. Bu haqda diyetolog Irina Pisareva RT telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Fosfor kislotasining mavjudligi tish emaliga zarar yetkazadi va oshqozonning kislotaliligini oshiradi, shuning uchun uni oshqozon-ichak trakti, oshqozon yarasi, kolit kasalliklari bilan og‘rigan odamlarga ishlatish tavsiya etilmaydi. Fosfor kislotasi kalsiyning so‘rilishiga yomon ta’sir qiladi”, - dedi Pisareva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shirin ichimliklar semizlikka sabab bo‘ladi. Gazlangan ichimliklar chanqovni ketkazmaydi, ularni iste’mol qilish paytida og‘iz shilliq qavati quriydi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, gazlangan ichimliklar homilador ayollar, yosh bolalar, yurak-qon tomir kasalliklari, semirib ketish, onkologiya va uyqu buzilishi bilan og‘rigan odamlarga tavsiya etilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!