F-16 qiruvchi samolyotlaridan foydalanuvchi davlatlar

F-16 qiruvchi samolyotlaridan foydalanuvchi davlatlar

Amerika Qo‘shma Shtatlari sentyabr oyida ukrainalik uchuvchilar va yordamchi ekipajlarni F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarishga o‘rgatishni boshlashini tasdiqladi.

AQSh Mudofaa vazirining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi Patrik Rayder jurnalistlarga shunday dedi: “Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun imkon qadar tezroq harakat qilish uchun qo‘limizdan kelganini qilmoqchimiz”. Ushbu so‘nggi o‘zgarishlar Daniya va Niderlandiya Ukrainaga F-16 samolyotlarini yuborishi haqidagi xabardan keyin sodir bo‘ldi, Norvegiya o‘zining foydalanishdan chiqarilgan F-16 samolyotlarini berishga va’da berdi, lekin ularning aniq soni noma’lum.

Ushbu samolyotlar 1970 yillarda ishlab chiqarilgan va hozirda 25 mamlakatda foydalanilmoqda. Ishlab chiqaruvchi mamlakat sifatida AQSh eng katta flotga ega (936 ta faol samolyot). Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, amerikaliklardan keyin Turkiya eng ko‘p F-16 samolyotlariga ega (243 ta samolyot). Ulardan keyingi o‘rinlarda Isroil (224), Misr (218), Janubiy Koreya (167), Gresiya (153) va Tayvan (136 ta faol va buyurtma bo‘yicha 66 ta). Qo‘shma Shtatlar bilan birgalikda bu davlatlar dunyodagi F-16 flotining to‘rtdan uch qismiga egalik qiladi. Shuningdek, boshqa Evropa mamlakatlarida ham Belgiya (52), Polsha (48) va yuqorida tilga olingan Daniya (43) va Niderlandiya (29) kabi o‘nlab F-16 samolyotlariga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!