Evropaning “eng baxtsiz” mamlakatlari ro‘yxati e’lon qilindi

Evropaning “eng baxtsiz” mamlakatlari ro‘yxati e’lon qilindi

EIning "eng baxtli" va "baxtsiz" mamlakatlari ro‘yxati e’lon qilindi. Ro‘yxat Yevropa Ittifoqining rasmiy statistika agentligi Eurostat tomonidan tashkilotga a’zo mamlakatlar aholisining o‘z hayotidan qanchalik mamnunligi o‘rganilgan holda tuzilgan.

So‘rovnomada qatnashgan shaxslardan kelajak haqida qanchalik optimistik yoki vaziyatga qarab, qanchalik pessimist ekani so‘ralgan.

Evropaning eng baxtli mamlakati deb Avstriya davlati topilgan. Birinchi uchlikdan ittifoqning eng qashshoq davlatlaridan biri bo‘lgan Polsha va Ruminiya ham joy olgan. Yevropa Ittifoqining eng boy davlatlaridan biri bo‘lgan Germaniya ro‘yxatning oxiridan ikkinchi o‘rinda turibdi. Eng quyi pog‘onadan esa Bolgariya joy olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilda baxt indeksida 7,1 ball to‘plagan Germaniyada joriy yilda bu nisbat 6,5 ga tushgan.

Germaniya iqtisodiy turg‘unlikdan tashqari, Ukrainadagi urush, immigrasiyaning misli ko‘rilmagan o‘sishi kabi muammolari bilan ham kurashmoqda.

Bolgariya, Ruminiya, Litva, Slovakiya, Portugaliya, Vengriya, Xorvatiya, Kipr, Germaniya va Sloveniyada shahar aholisi hayotdan ko‘proq mamnun ekanliklarini aytishgan bo‘lsa, Malta, Avstriya, Finlyandiya, Niderlandiya, Belgiya, Irlandiya, Shvesiya, Daniya va Lyuksemburgda qishloq aholisi o‘zlarini ko‘proq baxtli hisoblashi aniqlangan.

Boshqa tomondan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi 16-29 yoshdagi odamlar 65 yoshdan oshganlarga qaraganda hayotdan qoniqish darajasi yuqoriroq bo‘lgan. Farzandli oilalar, yolg‘iz oilalarga qaraganda baxtliroq ekanini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!