Evropa parlamenti «eng murakkab xaker hujumiga» duchor bo‘lganini ma’lum qildi

Evropa parlamenti «eng murakkab xaker hujumiga» duchor bo‘lganini ma’lum qildi

Evroparlament vakili Jaume Dyuk Giyo tashkilot veb-saytining inglizcha versiyasi DDOS hujumiga uchragani va hozirda foydalanuvchilar uchun kirish imkoni yo‘qligini aytdi.

Kiberxavfsizlik xodimlari muammoni hal qilish ustida ishlamoqda, deya qo‘shimcha qildi u.

Chorshanba kuni ertalab Yevroparlament Rossiyani terrorizm homiysi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyusiyani qabul qilgan edi. Euronews bilan suhbatlashgan parlamentdagi anonim manba buni hujum bilan bevosita bog‘lamadi.

«Bizga yaqin tarixdagi eng murakkab hujumda tashqaridan hujum qilishdi», dedi Euronewsga ismini oshkor qilmaslik sharti bilan Yevroparlament a’zosi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!