Evropa masjidlarida xavfsizlik choralari oshirildi

Evropa masjidlarida xavfsizlik choralari oshirildi

Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida yuz bergan teraktlardan keyin Yevropa shaharlarida juma namozi paytida xavfsizlik choralari oshirildi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.

Xususan, London, Vena va Amsterdamda juma namozi paytida polisiya ehtimoliy hujumlarning oldini olish maqsadida masjid atrofini kuzatib turdi.

Eslatib o‘tamiz, Kraystcherch shahridagi ikki masjidga juma namozi paytida qurolli shaxslar bostirib kirib, musulmonlarga qarata o‘q uzgan. Teraktlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 50 nafarga yetdi, yana kamida 50 nafar kishi kasalxonalarda qolmoqda.

Terakt yuzasidan uch kishi qo‘lga olindi, ulardan biri Avstraliya fuqarosidir. Gumondorlardan biri 28 yoshli Brenton Tarrangtga qotillik bo‘yicha ayblov e’lon qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!