Evropa Markaziy banki asosiy foiz stavkasini 4,5 foizgacha oshirdi

Evropa Markaziy banki (EMB) yevrohududda yuqori inflyasiyaga qarshi kurash choralari doirasida asosiy foiz stavkalarini yana oshirdi. Bu qaror YEMB boshqaruv kengashi a’zolarining «qat’iy ko‘pchiligi» tomonidan qabul qilindi, dedi Yevropa moliya instituti rahbari Kristin Lagard 14 sentyabr, payshanba kuni Frankfurt-Maynda. Asosiy kredit stavkasi 0,25 foiz punktga ko‘tarilib, 4,5 foizga yetdi, bu ketma-ket o‘ninchi o‘sishdir.
Shu bilan birga, YEMB depozitlar bo‘yicha foiz stavkasini 3,75 foizdan 4,0 foizga oshirdi, bu Yevropa valyuta ittifoqi tarixida 1999 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. «Inflyasiya darajasi pasayishda davom etmoqda. Ammo u hali ham uzoq vaqt davomida juda yuqori darajada qolishi kutilmoqda», - deyiladi Yevropa Markaziy banki bayonotida.