Evroittifoq AQShdan Yevropadagi harbiy ishtirokini qisqartirmaslikni so‘ramoqda — Bloomberg

A A A
Evroittifoq AQShdan Yevropadagi harbiy ishtirokini qisqartirmaslikni so‘ramoqda — Bloomberg

"Ruminiyada o‘tgan NATO mashg‘ulotlari Yevropa xavfsizligining Qo‘shma Shtatlarga qanchalik bog‘liq ekanini yana keskin muhokamalarga olib chiqdi. Mashg‘ulotlar shuni ko‘rsatdiki, Rossiya hujumi holatida Ruminiya bir necha hafta davomida o‘zini himoya qilishi kerak bo‘ladi", deya yozmoqda nashr.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, endilikda Yevropa hukumatlari Vashingtonni Yevropa mamlakatlaridagi harbiy ishtirokini qisqartirmaslikka faol ravishda chaqirmoqda. Amerika tomoni esa ittifoqchilarini tinchlantirib, Yevropani yordam­siz qoldirish rejasi yo‘qligini bildirmoqda.

Agentlikning yozishicha, Yevropa o‘z mudofaasini kuchaytirishga urinayotganiga qaramay, unda hamon jiddiy bo‘shliqlar mavjud. Bu birinchi navbatda logistika va strategik imkoniyatlarda ko‘rinadi. 20 oktyabrdan 13 noyabrgacha Ruminiyada o‘tgan harbiy mashg‘ulotlar vaqtida kuzatuvchilar NATO kuchlarini ehtimoliy front chizig‘iga yetkazish uchun haftalar kerak bo‘lishini qayd etgan. Bu esa inqirozli holatda, ya’ni Rossiya hujumi sodir bo‘lsa, Ruminiya ittifoqchilarning yordami yetib kelguniga qadar deyarli yakka o‘zi mudofaa qilishiga to‘g‘ri kelishini anglatadi.

"Ruminiyadagi vaziyat AQSh yordamidan mahrum bo‘lgan Yevropa qanday muammolarga duch kelishi mumkinligining yaqqol misolidir. Havo va raketaga qarshi mudofaa, uzoq masofali zarbalar va razvedka masalalarida Yevropa armiyalari hanuzgacha Qo‘shma Shtatlarga tayanadi", deyiladi maqolada.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, дастлабки тахминларга асосан, аёл болани аэропорт ҳожатхонасида дунёга келÑ